XALQ QABULXONASIDA AHOLI MUROJAATLARI VA MUAMMOLARI O’RGANILDI
2024-09-26 17:20:43 90
Xalq qabulxonasida aholi murojaatlari va muammolari o’rganildi
So’x tumanida aholi bilan bevosita va ochiq muloqotni ta'minlash, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash hamda bartaraf etish yuzasidan aniq va manzilli choralar ko’rilmoqda.
Bugun tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev aholining turli qatlamlari bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqot qilish, mavjud muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish maqsadida O’zbekiston Prezidentining tumandagi Xalq qabulxonasida navbatdagi qabulini o’tkazdi.
Sektor rahbarlari, tuman hokimi o’rinbosarlari, tashkilot va muassasalar mas'ullari ishtirok etgan qabul davomida fuqarolarning kommunal soha, bank krediti, uy-joy, ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash, ishga joylashish, tibbiy xizmat va boshqa masalalar bilan bog’liq murojaatlari o’rganib chiqildi.
Fuqarolar murojaatlarining ba'zilariga shu kuni ijobiy yechim topilgan bo’lsa, ijrosi yuzasidan qo’shimcha o’rganish va muddat talab etadigan masalalar tegishli idoralarga yo’naltirilib, nazoratga olindi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram