Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 82 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN NURONIYLARI ISHTIROKIDA EHSON TADBIRI TASHKIL ETILDI

×

 2024-09-25 17:48:46    42

PDF yuklash
Chop etish


Tuman nuroniylari ishtirokida ehson tadbiri tashkil etildi


Bugun tumanimizning xushmanzara go’shasi – Soybozor mavzesidagi “Otalar choyxonasida” tuman hokimligi tashabbusi bilan tumandagi mahallalardan tashrif buyurgan nuroniy otaxonlar, mehnat faxriylari va keksalik gashtini surayotgan bir guruh oqsoqollar ishtirokida ehson tadbir tashkil etildi.

 

Tadbirda ishtirok etgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev yurtimizda, ayniqsa, So’x tumanida xalq farovonligi va yurt tinchligini ko’zlab, amalga oshirilayotgan islohotlarga nisbatan shukrona bajo keltirib, xayrixohlik bilan yashash, fuqarolarga, ayniqsa, o’sib kelayotgan barkamol avlodga bizning xalqimiz va millatimizga xos bo’lgan qadriyatlarni yetkazish, ularni vatanparvarlik ruhida tabiyalash lozimligini alohida qayd etdi.    

 

To’kin dasturxon atrofida nuroniylar Qur'oni Karimdan oyatlar tilovat qilib, yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi uchun shukronalik bildirib, duoga qo’l ochdilar. Bunday xayr-ehson tadbirlarining fazilatlari, odamlarning bir-biriga mehr-oqibati mustahkamlanib borayotgani ta'kidlandi.

 

Tadbir jarayonida barcha ishtirokchilarga O’zbekiston Respublikasi kasaba uyushmalari faollari va respublika nuroniylarining O’zbekiston xalqiga murojaati o’qib eshittirildi.

 

So’x tumani hokimligi Axborot xizmati























Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram