DIREKTOR O’RINBOSARI NECHI SOATGACHA DARS BERISHI MUMKIN?
2024-09-20 17:32:21 132
DIREKTOR O’RINBOSARI NEChI SOATGAChA DARS BERIShI MUMKIN?
SAVOL: Savolim shundan iboratki, men MMIBDU lavozimida, 0.5 stavka maktabda ishlayman, qonun doirasida nechchi soat dars berishim mumkin, hozirda meni qo’shimcha 10 soat o’rindosh qilib belgilangan, shu to’g’rimi?
JAVOB: Vazirlar Mahkamasining 275-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xalq ta'limi xodimlari mehnatiga haq to’lash to’g’risida”gi nizomning 14-bandiga ko’ra xalq ta'limi muassasasining rahbar xodimi tomonidan asosiy lavozimning bir haftada 10 soatgacha hajmda o’qituvchi lavozimi bilan qo’shib olib borilishiga (o’quv yuklamasi yuritilishiga) yo’l qo’yiladi.
Shuningdek, “Umumta'lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro’yxatlarini shakllantirish tartibi to’g’risida”gi nizom (ro’yxat raqami № 3271) 23-bandiga ko’ra umumta'lim muassasasining rahbar xodimi (direktor va uning o’rinbosarlari) tomonidan asosiy lavozimning bir haftada 10 soatgacha hajmda o’qituvchi lavozimi bilan qo’shib olib borilganliga hamda ular tomonidan bajarilgan dars soatlariga soatbay haq to’langanligi hududiy xalq ta'limi bo’linmalari va hududiy moliya organlari tomonidan o’qituvchilarning tarifikatsiya ro’yxatiga kirilgan mezonlardan biri hisoblanadi.
Maktblarda xalq ta'limi muassasasining rahbar xodimlari10 soatgacha bo’lgan miqdorda dars berishi mumkin.
O’ktamjon Ergashev – So’x tumani adliya bo’limi bosh maslahatchisi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram