Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’X TUMANIDAGI TOSHLOQ YERLARDA PISTA PARVARISHI YO’LGA QO’YILADI

×

 2024-09-19 16:25:29    88

PDF yuklash
Chop etish


So’x tumanidagi toshloq yerlarda pista parvarishi yo’lga qo’yiladi

 

So’x tumani iqlimi meva va sabzavotlarning barcha turini yetishtirishga juda mos va qulay hisoblanadi. Shuning uchun, tumanda qishloq xo’jaligida foydalanmaydigan yerlardan samarali foydalanish uchun amaliy ishlar qilinmoqda.

 

So’x tumani hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev va tuman prokurori Sadirali Mirzokarimovlar Rishton tumanida pista parvarishini yo’lga qo’ygan Qodirjon Qosimovni tumanga taklif etdilar. Asosiy maqsad Javpaya massivida ham pistazor tashkil etish. Massivdagi 70 gektardan ortiq bo’sh yerlar va adirliklar tadbirkorga ko’rsatildi.

 

Mutaxassis Qodirjon Qosimov ko’rsatilgan yerlar bilan tanishib, pista ko’chatlari ekish uchun yer maydonlari va tabiati juda mos kelishligini ta'kidlab pistazorlarni tashkil etish uchun yaqindan yordam berishni ma'lum qildi. Shunindek, mutaxassis pista ko’chatlarini yetishtirish uchun Javpayadagi bo’sh turgan issiqxonalar kulay ekanligini ham qayd etdi.

 

Pista yetishtirish tajribasini o’rganish va parvarishlashni o’zlashtirish maqsadida tuman hokimi boshchiligidagi ishchi guruh Rishton tumanida ham bo’lishdi. Tadbirkor Qodirjon Qosimov pista plantatsiyasidagi yetishtirilayotgan ko’chatlar va pistazordagi yangi navlar haqida ma'lumot berdi.

 

So’x tumani hokimligi Axborot xizmati












Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram