DEMURSAD MAHALLASIDA QISHLOQ INFRATUZILMASINI YAXSHILASH MAQSADIDA AMALIY ISHLAR QILINMOQDA
2024-09-19 16:21:53 121
Demursad mahallasida qishloq infratuzilmasini yaxshilash maqsadida amaliy ishlar qilinmoqda
4-sektor hududida joylashgan Demursad mahalla fuqarolar yig’inida ayni kunda qishloq infratuzilmasini rivojlantirishga doir amaliy ishlar qilinmoqda. Xalq manfaatini ko’zlab qilinayotgan qurilish ishlari demursadliklarga quvonch bag’ishlamoqda desak, mubolag’a emas.
Tuman hokimi o’rinbosari Sodiqjon Murzoyevning ma'lumotiga ko’ra, bugungi kunda Demursad mahallasidagi eng katta qurilish maydoni – mahallaning sel yo’li qurilishi hisoblanadi. Investitsion dastur asosida “So’x tumani Demursad mahalla fuqarolar yig’inidagi “Demursad” sel yo’lini ta'mirlash va qirg’oqlarini mustahkamlash” loyihasiga 2 milliard 300 million so’m mablag’ ajratilgan.
Shuningdek, mahallada maxsus qaror asosida elektr ta'minoti tizimi ham yaxshilanmoqda. Demursaddagi “Demursad mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi 3,6 kilometr elektr tarmoqlarni ta'mirlash va 1 dona TP-160 o’rnatish” loyihasining umumiy qiymati 608 million so’mni tashkil etadi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram