BYUDJETDAN TASHQARI PENSIYA JAMG’ARMASI FARG’ONA VILOYATI BOSHQARMASI BOSHLIG’I ISHTIROKIDA SAYYOR QABUL O’TKAZILDI
2024-09-19 16:17:31 133
Byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasi Farg’ona viloyati boshqarmasi boshlig’i ishtirokida sayyor qabul o’tkazildi
Bugun Rovon mahalla fuqarolar yig’inining ma'muriy binosida byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasi Farg’ona viloyati boshqarmasi boshlig’i Zohirjon Akramov ishtirokida So’x tumani aholisi uchun sayyor qabul o’tkazildi. Sayyor qabulda tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, viloyat byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasi va tuman bo’limi mutasaddilari ham qatnashdi.
Sayyor qabulga kelgan fuqarolar viloyat pensiya jamg’armasi boshlig’iga muammo va kamchiliklari xususida murojaat etdilar. Nafaqaxo’rlarni ijtimoiy himoyalash, olinayotgan nafaqa miqdorini belgilangan tartibga doir va qonun doirasida qayta hisoblash masalalari murojaatlar asosini tashkil etdi.
Sayyor qabul jarayonida ishtirokchilarga Zohirjon Akramov tomonidan pensiya hisoblash usuli, ijtimoiy soliqlarni to’lash tartibi, pensiya tayinlash, pensiya miqdoriga ustamalar va qo’shimchalar belgilash, yoshga doir pensiya tayinlash, o’zini-o’zi band qilgan fuqarolarning ish staji hisobini yuritish va pensiya tayinlash mexanizmi haqida ma'lumotlar va qonuchilikdagi yangiliklar xususida tushuntirishlar berildi. Tadbir davomida ishtirokchilarga tizimga doir yangiliklar xususidagi tarqatma materiallar taqdim etildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram