Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 64 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KIBERJINOYATCHI JAZOSIZ QOLMADI

×

 2024-09-18 16:16:02    139

PDF yuklash
Chop etish


Kiberjinoyatchi jazosiz qolmadi

 

Voyaga yetmagan M.H. (ism-famiyalar o’zgartirilgan) o’zganing mulkini axborot texnologiyalaridan foydalangan holda aldash va ishonchni suiiste'mol qilish yo’li bilan qo’lga kiritish maqsadida, 2024 yil iyun oyi o’rtalarida “Telegramm” ijtimoiy tarmog’idagi fuqaro N.Q. tomonidan tashkil etilgan “ZAKAS PARFUMERIYA” nomli guruhga kirib, uning ishonchiga kirish maqsadida, sotish uchun internet tarmog’iga joylangan parfyumeriya mahsulotlarini sotib olish maqsadida buyurtma berib, sotib olmoqchi bo’lgan mahsulotlarining pulini N.Q.ning bank plastik kartasiga o’tkazib berishini aytib, aldab, uning bank plastik kartasi ma'lumotlarini hamda xavfsizlik kodini qo’lga kiritib, 2024 yil 20 iyun kuni telefon apparatidagi “Alif mobile” ilovasi yordamida N.Q.ning bank kartasidagi 1.444.000 so’m miqdoridagi pul mablag’larini tanishlarining plastik kartasiga o’tkazdirib olishga erishib, pullarni jinoiy yo’l bilan qo’lga kiritilganligini ularga aytmasdan, naqdlashtirib olib, o’zining shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Sud, jinoyat ishi holatlarini sinchkovlik bilan, to’la, har tomonlama va xolisona o’rganib chiqib, to’plangan dalillarning ishga aloqadorligi, maqbulligi va ishonchliligi nuqtai nazaridan baholab, jazoni yengillashtiruvchi holatlar sifatida aybiga to’liq iqrorligini, qilmishidan chin ko’ngildan pushaymonligini, voyaga yetmaganligini, jabrlanuvchiga nisbatan yetkazilgan moddiy zararning o’rni to’liq qoplanganini inobatga olib, jazoni og’irlashtiruvchi holatlar yo’qligini e'tirof etib, voyaga yetmagan M.H.ga nisbatan qonun doirasida jarima jazosi tayinladi.

 

M.Sidiqov - Jinoyat ishlari bo’yicha Qo’shtepa tuman sudining sudyasi



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram