Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ER O’Z HOLATIGA KELTIRILDI VA YANA BOG’GA AYLANDI

×

 2024-09-18 16:03:07    129

PDF yuklash
Chop etish


Er o’z holatiga keltirildi va yana bog’ga aylandi


Majburiy ijro byurosiga sudlardan kelib tushayotgan ijro hujjatlari orasida mulkiy xarakaterga ega bo’lmagan nizolar bo’yicha berilgan ijro hujjatlari alohida ahamiyatga ega.


O’zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to’g’risida”gi Qonunining 71-moddasiga ko’ra qarzdorga muayyan harakatlarni amalga oshirish yoki ularni amalga oshirishdan o’zini tiyish majburiyatini yuklovchi ijro hujjati nomulkiy xarakaterdagi ijro hujjatidir.


Bunday ijro hujjatlariga o’zining mazmuniga ko’ra ishga tiklash, qarzdorning ko’chirish, imoratni buzib tashlash, yer uchastkasini olib qo’yish va o’tkazish, undiruvchini ko’chirib kiritish kabi ijro hujjatlari kiradi.


Fuqarolik ishlari bo’yicha So’x tuman sudining 08.07.2024 yildagi ijro hujjatiga asosan So’x tumani “Xushyor” N/Xga tegishli bo’lgan yer maydoniga fuqaro S.U. va M.U. tomonidan o’zboshimchalik bilan qurib olingan qurilmani javobgar tomonidan yoki uning hisobidan buzdirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati yuzasidan davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi yuritishi qo’zg’atilib, olib borilgan ijro harakatlari davomida o’zboshimchalik bilan qurilgan qurilma qarzdorning hisobidan buzdirilib bo’lim tomonidan sudning mazkur qarori ijrosi amalda ta'minlandi.


Yuritilgan ijro ishi Qonunning 41-moddasiga asosan tamomlandi.    


Shu o’rinda Byuroning So’x tuman bo’limida nomulkiy xarakaterdagi ijro hujjatlarini ijro etish borasida joriy yilda ijobiy ishlar amalga oshirildi.


Xususan, bo’lim tomonidan sudlardan 62 ta kelib tushgan bulib, shundan 34 ta ijro hujjatlari amalda ijro etildi, 3 ta ijro hujjatlari undiruvchi (da'vorgar)ning qarzdor bilan o’zaro kelishib olganligi sababli ularning yozgan arizasiga asosan tamomlandi, 1 ta ijro hujjatlari sudlar tomonidan bekor qilinganligi sababli tugatildi.


Muzaffarjon Nurmatov - Byuroning So’x tumani bo’limi boshlig’i







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram