DIQQAT, E'LON!
2024-09-16 17:10:09 166
Diqqat, e'lon!
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ""Yong’in xavfsizligi a'lochisi" tanlovini tashkil etish va o’tkazish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2023-yil 24-noyabrdagi 620-son qaroriga asosan yong’in 2024-yil oktabr–dekabr oylarida tanlov o’tkaziladi.
Tanlov yong’in chiqish xavfi bo’yicha 1-guruhga mansub ob'ektlarga ega respublikadagi tadbirkorlik sub'ektlari o’rtasida o’tkaziladi;
tanlovda ishtirok etish uchun arizalar "tanlov-fvv.uz" domeni yordamida "One ID" orqali tanlov platformasida ro’yxatdan o’tish lozim;
tanlovda ishtirok etish bepul;
tadbirkorlik sub'ektiga qarashli ob'ektda so’nggi 12 oy davomida yong’in sodir bo’lgan bo’lsa, yong’in xavfsizligi talablari buzilishini bartaraf etish to’g’risida davlat yonin nazorati organining yozma ko’rsatmasi yoxud obekt yong’in xavfsizligi talablariga muvofiq emasligi to’g’risida xulosasi berilgan bo’lsa tanlovda ishtirok etish uchun arizasi qabul qilinmaydi;
tanlovda g’olib deb topilgan nomzod 100 mln so’m miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanishi hamda uning faoliyati tanlov natijalari rasmiy e'lon qilingan kunidan keyingi ikki yil davomida davlat yong’in nazorati organlari tomonidan tekshirilmaydi.
Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar va tanlov materiallari arizalari "tanlov-fvv.uz" domeni yordamida "One ID" orqali 2024-yil 10-sentyabrdan 30-sentyabr kuniga qadar qabul qilinadi.
Tashkiliy kumita
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram