Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 29 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“SOG’LOM HAYOT UCHUN 5 000 QADAM” YURISH MARAFONI O’TKAZILDI

×

 2024-09-14 15:07:44    140

PDF yuklash
Chop etish


“Sog’lom hayot uchun 5 000 qadam” yurish marafoni o’tkazildi


Aholi o’rtasida oqilona ishlash va dam olish, sport bilan muntazam shug’ullanish, badantarbiya mashg’ulotlarini kundalik turmush tarziga aylantirish, sog’lom va to’g’ri ovqatlanish, ortiqcha vazn va semizlikni bartaraf etish, zararli odatlarga chek qo’yish maqsadida tumanimiz hududida turkum tadbirlar o’tkazib kelinmoqda.


Bugun tuman hokimligi tashabbusi bilan tumandagi korxona-tashkilotlar, muassasalar vakillari va xotin-qizlar ishtirokida “Sog’lom hayot uchun 5 000 qadam” yurish marafoni o’tkazildi.


Unda yuqorida tilga olingan tizimlar vakillari, mahallalarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faollari boshchiligida turli yoshdagi ayollar faol ishtirok etdilar. Sport tadbiri yuqori kayfiyatda o’tkazildi.


So’x tumani hokimligi Axborot xizmati










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram