DA'VOGAR IKKI NAFAR FARZANDI BILAN UYIGA KIRITILDI
2024-09-12 14:47:24 395
Da'vogar ikki nafar farzandi bilan uyiga kiritildi
Byuroning So’x tuman bo’limi ish yurituvidagi FIB So’x tuman sudining 27.07.2024 yildagi qaroriga asosan undiruvchi M.A.ni uning ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari bilan So’x tumani, Sebzor mahallasidagi uyiga kiritish to’g’risidagi ijro hujjati yuzasidan qarzdorga ixtiyoriy muddat berilgan edi.
Lekin, qarzdor tomonidan ixtiyoriy muddat ichida sud qarori ijrosi ta'minlanmagach, byuroning So’x tuman bo’limi tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida da'vogar M.A.ni ikki nafar farzandi bilan ijro hujjatida ko’rsatilgan uyga kiritib qo’yilishi ta'minlandi va ijro hujjati amalda tamomlandi.
Majburiy ijro Byurosi So’x tuman bo’limi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram