Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 39 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI 95-SESSIYASI BO’LIB O’TDI

×

 2024-09-12 14:44:15    386

PDF yuklash
Chop etish


Tuman Kengashining navbatdagi 95-sessiyasi bo’lib o’tdi

 

Bugun So’x tumani hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari So’x tumani Kengashining navbatdagi 95-sessiyasi bo’lib o’tdi.

 

Unda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tumandagi sektor rahbarlari, korxona tashkilotlar rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

 

Sessiyaga muhokama uchun qo’yidagi masalalar qo’yildi:

 

1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2024 yil 11-12 iyul kunlari Farg’ona viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va kengaytirilgan tarzda o’tkazilgan yig’ilishning 34-sonli bayonning 6-bandiga asosan “Farg’ona viloyati hokimligi, shahar va tuman hokimliklari bilan birgalikda ikki hafta muddatda joriy yil yakuni bilan asosiy kapitalda 2,1 mlrd dollar investitsiya jalb qilish, 400 ming aholi bandligini ta'minlash, 80 ming oilani kambag’allikdan chiqarish bo’yicha berilgan topshiriq ijrosi va belgilangan rejani tasdiqlash to’g’risida.   

 

2. O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko’maklashuvchi komissiyasining 2024 yil 15-avgustdagi “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatini namunali tashkil etish to’g’risida”gi № 24-sonli qarori haqida.

 

3. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tomonidan deputatlarni daxlsizlik huquqidan mahrum qilishga oid masalani ko’rib chiqish tartibini yanada takomillashtirish to’g’risida.

(Asos: O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining 2024 yil 2-avgustdagi № KQ-791-IV-sonli qarori). 

 

4. Tuman mahalliy byudjetining 2-chorak ijrosi hisoboti, mahalliy byudjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlarning 2024-yil 8-oyi davomida byudjet parametrlarini o’zgartirish bo’yicha:

- tuman mahalliy byujetining 2-chorak shakllangan qo’shimcha mablag’larini sarflanish yo’nalishlari.

- “Tashabbusli byudjet” jarayoni loyihalarini tasdiqlash to’g’risida.

 

5. Oliy Majlis Senatining agrar suv xo’jaligi masalalari qumitasi hamda Xalq deputatlari Farg’ona viloyati Kengashining 2024 yil 29-maydagi 2348/03-sonli qo’shma qaroriga asosan “Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarga o’z vaqtida va sifatli bojxona xizmatlarini ko’rsatish, aholiga oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish uchun yer ajratish hamda eksport hajmini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar to’g’risida.

 

Sessiyada har bir masala yuzasidan tegishli mutasaddilar tomonidan axborot va ma'lumotlar yetkazilib, ko’rilgan barcha masalalarga oid tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

So’x tumani hokimligi Axborot xizmati























Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram