SO’X TUMANIDA XOTIN-QIZLAR BANDLIGI TA'MINLANMOQDA
2024-09-11 14:23:53 114
So’x tumanida xotin-qizlar bandligi ta'minlanmoqda
Yurtimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ijtimoiy faolligini oshirish va ularni bandligini ta'minlashga davlatimiz tomonidan katta imkoniyatlar yaratib berilmoqda.
So’x tumanida xotin-qizlarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash borasida imtiyozli kreditlar hamda subsidiya asosida tikuv mashinalarini ajratish, ishsiz ayollarni ish bilan ta'minlash borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Bu imkoniyatlardan unumli foydalanib hunari ortidan yaxshi daromad olib oilasi farovonligini yuksaltirib borayotgan xotin-qizlar soni ortib bormoqda.
Tumandagi “Sarikanda” mahalla fuqarolar yig’ini hokim yordamchisi Mehtar Marifjonovning qayd etishicha, ish bilan band bo’lmagan 9 nafar xotin-qizlar kasb-hunarga o’qitilib, subsidiya asosida tikuv mashinasi ajratilgan edi. Xozirda ular ishga qabul qilinib, buyurtma asosida chevarchilik qilib daromad topmoqdalar.
Mazkur o’quv markazida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev va tuman hokimi o’rinbosari Madinaxon Safarovalar bo’lib, tikuvchi qizlar va ayollar bilan suhbatlashdilar. Tadbirkorlikni yo’lga qo’yish uchun taklif va tavsiyalar berildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram