1-SEKTOR HUDUDI FUQAROLARINING QABULI O’TKAZILDI
2024-09-11 14:21:36 122
1-sektor hududi fuqarolarining qabuli o’tkazildi
Aholi muammo va kamchiliklarini o’rganish va ularni qiynayotgan mushkulotlarga ijobiy yechim topish maqsadida Sohibkor mahallasidagi sektor binosida qabul o’tkazildi. Sohibkor, Tul va Qal'acha mahalla fuqarolar yig’inlari fuqarolari qatnashgan mazkur qabul tuman hokimi birinchi o’rinbosari Ilhomjon Tojiboyev boshchiligi va hokim o’rinbosari Muslimbek Mavlonbekovning ishtirokida o’tdi.
Qabulda asosan fuqarolar ko’chmas mulkga bo’lgan egalik huquqini tiklash, moddiy yordam, tibbiyot masalasida amaliy ko’mak ko’rsatish, uy-joy bilan ta'minlash masalalarida murojaat etdilar. Qabuldan so’ng qabulda ishtirok etgan fuqarolar murojaatlari manzilli o’rganildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram