FUQAROLAR QABULI – XALQ BILAN OCHIQ MULOQOT
2024-09-10 17:38:03 146
Fuqarolar qabuli – xalq bilan ochiq muloqot
Bugun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining So’x tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayevning navbatdagi fuqarolar qabuli o’tkazildi.
Unda sektor rahbarlari, hokim o’rinbosarlari, qabulxona mudiri hamda tumandagi idora va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.
Qabul chog’ida tuman hokimi tomonidan fuqarolarning murojaatlari birma-bir tinglandi. Ochiq va samimiy muloqot tarzida kechgan qabulda turli masalalarga oid 25 dan ziyod murojaatlar ko’rib chiqildi.
Qabul davomida barcha murojaatlar tegishli tartibda ro’yxatga olinib, yechimi oson bo’lgan murojaatlar joyida hal etildi va ayrim murojaatlar huquqiy maslahat va tushunchalar bilan qoniqtirildi. Muddat talab etiluvchi murojaatlar esa hal etish uchun tegishli mutasaddilarga biriktirilib, nazoratga olindi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram