Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’X TUMANIDAGI MAKTABLARDA “BILIMLAR KUNI” KENG NISHONLANDI

×

 2024-09-04 17:01:37    169

PDF yuklash
Chop etish


So’x tumanidagi maktablarda “Bilimlar kuni” keng nishonlandi


Bugun So’x tumanida “Bir bo’lsak –yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz! ” shiori ostida yangi o’quv yili munosabati bilan barcha o’quv dargohlarda tantanali tadbirlar bo’lib o’tdi. Tadbirlarda tuman hokimi, hokim o’rinbosarlari, sektor rahbarlari va biriktirilgan vakillar ishtirok etdilar.


1-sektor hududidagi 21-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida qatnashgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev barcha maktab pedagogik jamoasi va o’quvchilarni “Bilimlar kuni” bilan samimiy tabrikladi. Bu yil 1-sinfga kelgan barcha o’quvchilarga Prezident sovg’alari taqdim etildi.


Mazkur ta'lim dargohida ayni kunda mukammal ta'mirlash ishlari oxiriga yetkazilmoqda. Shuningdek, maktabga qurilayotgan qo’shimcha bino ham mahalla bolalariga haqiqiy bayram sovg’asi bo’ladi.

 

1 hamda 2-sonli umumiy o’rta ta'lim maktablarida ham “Birinchi qo’ng’iroq” tadbiri ko’tarinkilik bilan tashkil etildi. Tadbirda ishtirok etgan tuman hokimi o’rinbosarlari Ilhomjon Abdumajidov, Sodiqjon Murzoyev ham barcha talaba yoshlarni bayram bilan tabriklab, faxriy o’qituvchilar bilan yuqori sinf o’quvchilariga “Mustaqillik darsi” o’tib berdilar.     

 

Joriy o’quv yilida So’x tumanida maktab ostonasiga ilk bor 1 593 nafar jajji o’g’il-qizlar qadam qo’ymoqda.


So’x tumani hokimligi Axborot xizmati

























Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram