Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YANGIARIQ MAHALLASIDAGI SHIFOKORLIK XIZMAT UYI MUKAMMAL TA'MIRLANIB FOYDALANISHGA TAQDIM ETILDI

×

 2024-08-30 16:43:26    101

PDF yuklash
Chop etish


Yangiariq mahallasidagi shifokorlik xizmat uyi mukammal ta'mirlanib foydalanishga taqdim etildi

 

Bugun tumanimiz uzra istiqlolimizning fayzu shukuhi kezmoqda. Bayramga sovg’a va to’yga to’yona sifatida tumanimiz hududlarida yangi, zamonaviy inshootlar va ko’rkam binolar xalqimizga taqdim etilmoqda.

 

Bugun Yangiariq mahallasi ham tantanalar og’o’shida. Mazkur mahallada mukammal ta'mirlangan shifokorlik xizmat uyi foydalanishga topshirildi. Topshirish marosimida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, tuman sektorlari rahbarlari, mahalla nuronyilari va mazkur muassasa xodimlari ishtirok etishdi. Ezgu niyatlar bilan muassasaning ramziy lentasi qirqildi va tadbir ishtirokchilari yaratib berilgan sharoitlar bilan tanishdilar.

 

Tadbir jarayonida qurilish ishlarida namuna ko’rsatgan quruvchilar – “Mash'al” MChJ vakili Muhammadsiddiq Sobirjonov va MChJ quruvchilariga tashakkurnomalar va esdalik sovg’alar, shuningdek, tibbiy maskan mudiriga ramziy kalit topshirildi. Muassasada 2 nafar vrach, 8 nafar patronajlar hududdagi 4 ta mahalla aholisi – 4 100 nafar fuqarolarga xizmat ko’rsatadi hamda faoliyat boshlagan hushyorxonada ham 4 nafar xodimning faoliyati yo’lga qo’yildi.

 

Mazkur muassasa “Tashabbusli byudjet” loyihasi asosida  mukammal ta'mirlandi. Mukammal ta'mirlash uchun sarflangan mablag’ miqdori 1 milliard 223 million so’mni tashkil etadi.

 

So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
























Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram