Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 23 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

CHASHMA MAHALLASIDA YANGI VA ZAMONAVIY MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASASI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

×

 2024-08-30 16:40:32    111

PDF yuklash
Chop etish


Chashma mahallasida yangi va zamonaviy maktabgacha ta'lim muassasasi foydalanishga topshirildi

 

Chashma mahallasi 4-sektor hududidagi mahalla bo’lib, davlatimiz rahbari e'tibori doirasida mazkur mahallada ham aholini qiynayotgan muammolar bosqichma bosqich bartaraf etilmoqda. Istiqlolimizning 33-yillik to’yi arafasida mahallada yangi va zamonaviy davlat maktabgacha ta'lim muassasasi foydalanishga topshirildi.

 

Mazkur muassasa taqdimot marosimida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, tuman hokimi o’rinbosarlari, tuman sektorlari rahbarlari, mahalla faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Muassasaning ramziy lentasi ezgu istak va niyatlar bilan qirqildi.

 

Taqdimot marosimiga bag’ishlab, tantanali tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda tuman hokimi so’z olib, barcha mahalla ahlini ushbu tarixiy sana bilan tabrikladi.

 

“Mumtoz metall” qurilish firmasi mutasaddilariga, muassasaning bino etilishida ko’p sa'y-harakat qilgan tuman Kengashi deputati Kamoliddin Azizovga tuman hokimligi tashakkurnomasi va esdalik sovg’alari, muassasa mudirasiga qimmatbaho sovg’a va binoning ramziy kaliti topshirildi. Shuningdek, Chashma mahallasida yashovchi, So’x tumani tibbiyot birlashmasi qabul bo’limi navbatchi jarrohi Umidjon Nurmatovga sharqiy harbiy okrugining tashakkurnomasi va esdalik sovg’lari taqdim etildi.

 

Ma'lumot uchun: mazkur bino ikki qavatli bo’lib, 120 nafar tarbiyalanuvchilarga mo’ljallangan. Davlatimizning investitsion dasturi asosida qurilgan mazkur yangi maktabgacha ta'lim muassasasiga 4 milliard 750 million so’m mablag’ yo’naltirilgan.

 

So’x tumani hokimligi Axborot xizmati






























Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram