Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SOYBOZOR MAVZESIDA YANGI MEHMONXONA QURILIB, FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

×

 2024-08-30 16:34:06    108

PDF yuklash
Chop etish


Soybozor mavzesida yangi mehmonxona qurilib, foydalanishga topshirildi

 

Soybozor mavzesi o’zining ko’rku chiroyi bilan ajralib turadi. Ushbu mavzega bugundan yana bir bino o’zgacha chiroy baxsh eta boshladi.

 

Soybozor mavzesida joylashgan “Sohil” tantanalar majmuasi yoniga yana bir yangi bino – zamonaviy mehmonxona qurilib, ushbu inshoot bugun foydalanishga topshirildi. Taqdimot marosimida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, tuman sektorlari rahbarlari, nuroniy otaxon va oqsoqollar, yoshlar ishtirok etdilar va mazkur tadbirda nutq so’zlagan tuman hokimi Prezidentimiz e'tibori doirasida So’x kundan kunga chiroy ochib borayotganinin alohida ta'kidladi.

 

Mazkur yangi mehmonxona “Obishir biznes servis” MChJ rahbari Nazirjon Tohirov tashabbusi va sa'y-harakati tufayli bunyod etildi. 1 sotix yer maydonida qad rostlagan mazkur yangi binoda 8 ta xona mavjud bo’lib, bir sutkada 18 nafar mijozlarga xizmat ko’rsatadi.

 

Tadbir ishtirokchilari yaxshi orzu-istaklar bilan binoning ramziy lentasini qirqib, unda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar. Tadbirkorning ma'lumotiga ko’ra, mehmonxonaning birinchi qavati – podvalida tibbiyot klinikasi tashkil etiladi.

 

Tadbir ishtirokchilariga ushbu unutilmas sana sharofati bilan bayram dasturxoni yozildi. Yangi mehmonxona qurilishiga 2 milliard so’m mablag’ yo’naltirilgan.

 

So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





















Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram