Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

GULISTON MAHALLASIDA YANGI KO’PRIK QURIB, FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

×

 2024-08-28 17:13:06    135

PDF yuklash
Chop etish


Guliston mahallasida yangi ko’prik qurib, foydalanishga topshirildi

 

Odamlarni og’irini yengil qilish, ularning uzog’ini yaqin qilish, ko’prik qurish, suv keltirish kabi amallar azaldan savobli yumushlarning asosiysi ekanligi barchamizga ma'lum. Quvonarlisi, bunday ezgu va savob amallar bugungi kunning asosini tashkil etadi.

 

Guliston mahalla fuqarolar yig’inida qurib bitkazilgan yangi ko’prik bugun mahalla ahli, nuroniylar va yoshlar ishtirokida tantanali tarzda foydalanishga topshirildi. Taqdimot marosimida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, tuman hokimi o’rinbosarlari, tuman sektorlari rahbarlari, korxona-tashkilot va muassasalar vakillari ishtirok etishdi.

 

Taqdimot marosimida so’z olgan tuman hokimi davlatimiz rahbari va Respublika hukumati e'tibori doirasida bugungi hayotimizning go’zallashib borayotgani, fuqarolarimizga har jabhada qulay shart-sharoitlar yaratib berayotganini ta'kidlab, bo’layotgan ishlar va ezgu amallarga har doim xayrixoh bo’lish lozimligini ta'kidladi. O’tayotgan yil davomida birgina Guliston mahalla fuqarolar yig’inida ham elektr energiyasi ta'minoti, ichki yo’llar va ko’chalarning ta'mirlanishi, ichimlik suvi muammosini bartaraf etishga doir amaliy ishlar qilindi.

 

Tadbir davomida ko’prik qurilishida hissa qo’shgan tashabbuskorlar va qurilish ishlari faollariga tashakkurnomalar va esdalik sovg’alari taqdim etildi. Nuroniy otaxonlarning duolari bilan ko’prikning ramziy lentasi qirqildi.

 

Yaxshi orzu-istak va niyatlar bilan ko’prik uzra odimlagan odam borki, berilayotgan e'tiborga shukronalar bildirib, bunday ezgu amallar tashabbuskorlariga minnatdorchilik izhor etib, duolar qilishdi.

 

Ma'lumot uchun: mazkur inshoot O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 25 noyabrdagi “Jahon bankining Xalqaro taraqqiyot uyushmasi va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ishtirokida «Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 4898-sonli qaroriga muvofiq qurib bitkazildi. Guliston mahallasini Safedkon mahallasiga bog’lovchi ko’prik qurilishiga salkam 700 million so’m mablag’ yo’naltirildi.

 

So’x tumani hokimligi Axborot xizmati



















Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram