HOKIMNING NAVBATDAGI QABULI BO’LIB O’TDI
2024-08-28 16:22:14 135
Hokimning navbatdagi qabuli bo’lib o’tdi
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining So’x tuman Xalq qabulxonasida tuman hokimining navbatdagi qabuli o’tkazildi. Unda jismoniy va yuridik shaxslar o’z masalalari yuzasidan bevosita tuman hokimi S. Sayidmusayevga murojaat qilishdi.
Qabulda tuman hokimning birinchi o’rinbosari Ilhomjon Tojiboyev, hokim o’rinbosarlari Sodiqjon Murzoyev, Madinaxon Safarova, Adhamjon Safarov, tuman ichki ishlar bo’limi boshlig’i Qosimjon Raximberdiyev, qabulxona mudiri Sobirjon Normatov, tumandagi mutasaddi korxona va tashkilotlardan mas'ul vakillar ishtirok etishdi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan uy-joy olishga ko’maklashish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, bola nafaqasi tayinlash, jarrohlik amaliyotiga moddiy yordam ko’rsatish, ishga joylashtirishda amaliy yordam bilan bog’liq turli mazmundagi murojaatlar tashkil etdi.
Tuman hokimiga bildirilgan har bitta murojaatning ijrosi yuzasidan tegishliligi bo’yicha mutasaddilarga aniq muddatlari belgilangan ko’rsatmalar berildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram