Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 19 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ISTIQLOLNING 33-YILLIK TO’YI SO’X TUMANIDA KATTA TANTANA SIFATIDA QAYD ETILDI

×

 2024-08-27 16:21:28    147

PDF yuklash
Chop etish


Istiqlolning 33-yillik to’yi So’x tumanida katta tantana sifatida qayd etildi


So’x tumanida Mustaqilligimizning 33-yillik to’yi katta tantana, ko’tarinkilik bilan nishonlandi. Bayramona bezatilgan tuman markaziy o’yingohi hududiga tashrif buyurgan qirg’izistonlik mehmonlarni kutib olgan tuman hokimi va mutasaddilar sport majmuasi hovlisida tashkil etilgan bayram ko’rgazmalar tomon yo’l oldilar. Tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo’limi xodimlari tomonidan tashkil etilgan ko’rgazmalar tomoshasidan so’ng mehmonlar so’xlik nuroniylar bilan samimiy suhbatlashdi. Jonli ijrodagi musiqadan bahramand bo’lib, tumandagi mahallalar rasilari bilan ham samimiy suhbat qilindi.

 

"Chorlov" musiqasi va roviylarning so’zlari bilan, sahna uzra taralgan mayin kuy ostida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev barcha bayram ishtirokchilarini ushbu qutlug’ sana bilan tabriklab, So’x tumanida Prezidentimizning alohida e'tibori asosida olib borilayotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlarini yana bir karra yodga oldi.

 

Qirg’izistondan kelgan mehmonlarni qutlab, o’zaro mehr-oqibat, yaqin qo’shnichilik rishtalari ikki qardosh davlat rahbarlarining odilona va oqilona siyosatlari tufayli yangi bosqichga ko’tarilayotganini ta'kidladi.

 

O’z navbatida Qirg’iziston Respublikasidan tashrif buyurgan vakillar – Batken tumani hokimi Uchqunbek Jorobayev va Qadamjoy tumani hokimligi vakili O’rolbek G’aniyevlar So’x ahlini Istiqlol bilan tabrilkab, tuman hokimiga ehtirom ramzi sifatida qimmatbaho sovg’a taqdim etdilar.

 

Istiqlolimizning 33-yillik to’yi bizning tumanimizda ham “Bir bo’lsak yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida katta tantana va shodiyonalar bilan qayd etildi. San'atkorlarning ko’y-qo’shiqlarida Vatan tarannum etildi.

 

Viloyatdan kelgan san'atkorlar – O’zbekiston xalq hofizi Ilhom Ibrohimov, qiziqchi Iqboljon Sharipov, qirg’izistonlik san'atkor Mirlanbek Davlatovlar ham tadbir ishtirokchilari ko’ngillariga o’z qo’shiqlari bilan yo’l oldlar.    

 

Vatanimizning 33-yillik shodiyonasi ishtirokchilarning raqslari va xursandchiliklari bilan yanada fayzli bo’ldi. Tumanimiz uzra Istiqlol shodiyonalari hali davom etadi.

 

So’x tumani hokimligi Axborot xizmati





















Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram