25 AVGUST KUNI RESPUBLIKAMIZDAGI ENG KEKSA NASHRLARDAN HISOBLANADIGAN - "OVOZI TOҶIK" GAZETASI BIR ASRLIK BAYRAMINI NISHONLADI
2024-08-26 16:19:53 115
25 avgust kuni respublikamizdagi eng keksa nashrlardan hisoblanadigan - "Ovozi Toҷik" gazetasi bir asrlik bayramini nishonladi
Darhaqiqat, bugungi kunda bosma nashrlar sinovli damlarni boshidan kechirayotgan bir paytda, ushbu gazeta ko’pmillatli yurtimizda baralla ovozi va nufuziga ega. Shu bilan birga, mazkur nashr nafaqat, axborot manbai, balki millatlarimizning bir-birini yaxshi tushunishi, asriy do’stligini mustahkamlash va yanada rivojlantirishga munosib hissa qo’shmoqda.
"Ovozi Toҷik" gazetasini, butun jamoasini (bosh muharriri Sherpulod VAKILOV) va barcha yurtdoshlarimizni ushbu ajoyib sana bilan samimiy muborakbod etamiz!
Bugundan "Ovozi Toҷik" gazetasi ikkinchi asrga qadam qo’ydi. Nashrga ko’plab yuzyilliklarni ko’rish nasib etsin!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram