ALIMENTNI 2 OYDAN ORTIQ MUDDAT TO’LAMASLIK 15 SUTKALIK MA'MURIY QAMOQQA SABAB BO’LADI!
2024-08-26 16:15:46 76
Alimentni 2 oydan ortiq muddat to’lamaslik 15 sutkalik ma'muriy qamoqqa sabab bo’ladi!
Ma'muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 47 prim 4-moddasiga asosan, moddiy yordamga muhtoj bo’lgan voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni moddiy ta'minlashdan bo’yin tovlash, ya'ni ularni moddiy jihatdan ta'minlash uchun sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrug’iga binoan undirilishi lozim bo’lgan mablag’ni jami bo’lib ikki oydan ortiq muddat mobaynida to’lamaslik,— o’n besh sutka muddatga ma'muriy qamoqqa olishga yoki bir yuz yigirma soatgacha haq to’lanadigan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb etishga yoxud qonunchilikka muvofiq ma'muriy jazolarning mazkur turlari qo’llanilishi mumkin bo’lmagan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab bo’ladi.
Islomjon Fatojonov - Majburiy ijro byurosi So’x tuman bulimi davlat ijrochisi, 2-darajali yurist
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram