Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 129 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI XODIMLARINING AN'ANAVIY AVGUST ANJUMANI BO’LIB O’TDI

×

 2024-08-26 16:13:06    37

PDF yuklash
Chop etish


Maktabgacha va maktab ta'limi xodimlarining an'anaviy avgust anjumani bo’lib o’tdi


Sarikanda mahalla fuqarolar yig’inida joylashgan “Sohil” tantanalar majmuasida soha vakillarining an'anaviy avgust anjumani bo’lib o’tdi.


Tadbirda yil davomida qo’lga kiritilgan muvaffaqiyatlar sarhisob qilinib, yangi o’quv yiliga aniq rejalar tuzildi.


Tadbirda tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev va tuman sektorlari rahbarlari ishtirok etdilar. Ta'lim-tarbiyaga kamarbasta bo’lgan soha fidoiylarini tabriklab, tuman hokimi sohadagi islohotlarni amalga tatbiq etilishida astoydil harakat qilish lozimligini ta'kidladi.  

 

Anjumanda soha rahbariyati tomonidan 2023-2024 yillarda MTTlarga bolalar qamrovi darajasi, ta'lim muassasalarida amalga oshirilgan islohotlar samarasi haqida to’liq ma'lumot yetkazildi.

 

Tadbir ishtirokchilariga san'at ustalarining chiqishlari ko’tarinkilik bag’ishladi. Anjuman oxirida faol soha vakillariga esdalik sovg’alar va faxriyanomalar taqdim etildi.


So’x tumani hokimligi Axborot xizmati






















Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram