BANK XODIMLARI HAM HASHARDA!
2024-08-24 15:50:14 70
Bank xodimlari ham hasharda!
Yurtimizning har bir kuni yangi islohot va o’lkan o’zgarishlar jarayoni sifatida ko’zga kurinayotgan bir paytda, istiqlol bayramini munosib kutib olish maqsadida e'lon qilingan umumxalq hashari shaharu qishloqlarimizni, yashash manzillarimizni obod maskanga aylantirishda muhim omil bo’lishi tabiiy hol. Tog’lar bag’ridagi olis So’x tumanida ham umumxalq xayriya hashari kutarinki ro’hda bo’lib o’tmoqda.
Erta tongda barcha yoshu keksa hasharga chiqib, fidokorlik namunasini ko’rsatdilar.
Tuman Xalq Bankida ham belgilangan chora-tadbirlar asosida barcha xodimlar ishtirokida bugungi hashar yuqori saviyada tashkil etildi va unga barcha xodimlar jalb etildi. Reja asosida ma'muriy binoning hovlisi begona o’tlardan, chiqindilardan tozalandi, yangi ko’chatlar o’tqazildi, mevali va manzarali daraxtlar ekildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram