KASBIGA MEHR BERIB ISHLAGAN ODAMNING XARIDORI HAM KO’P BO’LADI!
2024-08-23 16:26:05 104
Kasbiga mehr berib ishlagan odamning xaridori ham ko’p bo’ladi!
Tadbirkorning asosiy maqsadi sifatli mahsulot ishlab chiqarish va buning natijasida munosib daromad olishga qaratilgan. Mahsulot sifatiga e'tibor berilsa, uning xaridorlari tabiiyki, ko’p bo’ladi va bunday mahsulotga reklamaning ham keragi yo’q – odamlarning e'tirofi bizni o’sha sifatli mahsulot manzili tomon chorlayveradi.
Oftobru mahalla fuqarolar yig’inidagi qurilish mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan oilaviy korxonaning mahsulotlari sifatiga “gap yo’q” deya baho berishingiz tabiiy hol. Korxonada ishlab chiqarilgan piyodalar yo’lagi plitkalari, yevrodevorlar, bruschatka va turli oro berishga mo’ljallangan mahsulotlar o’zining sifati bilan ham ajralib turadi.
Tadbirkor mehnatiga yuqori baho bergan tuman hokimi uning mehnat sharoitini ham ko’zdan kechirdi. Najmiddin Najmiddinov mana necha yildirki, ushbu yumush orqali ro’zg’or tebratadi va ustaning xosakorligini o’zi mehr berib qurgan xonadoni ko’rinishidan ham sezish mumkin.
Tuman hokimi tadbirkorga yer maydoni ajratish va faoliyatini kengaytirishga doir mahalla hokim yordamchisiga ko’rsatma berdi va uning mahoratini tuman uzra namuna qilish mumkinligini ham ta'kidladi. Mana shunday xosakor tadbirkorlar tufayli bugun odamlarning turmush tarzi va oilaviy muhiti o’zgarmoqda. Bu esa, “tadbirkor - elga madadgor” degan naqlning haqqoniyligini anglatadi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram