MAHALLALARDA TUMAN ISHLAB CHIQARISH SALOHIYATINI OSHIRISHGA DOIR AMALIY ISHLAR QILINMOQDA
2024-08-23 16:04:35 106
Mahallalarda tuman ishlab chiqarish salohiyatini oshirishga doir amaliy ishlar qilinmoqda
Tumanimizda tadbirkorlikni rivojlantirish orqali sanaot va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishini yo’lga qo’yish, pirovardida aholi bandligini ta'minlashga qaratilgan ishlar ham e'tirof etishga arziydi. Oftobru mahallasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar tufayli mazkur soha ham rivoj topmoqda.
Mazkur mahallada tashkil etilgan “Zeboi shirina” ishlab chiqarish korxonasida bugungi kunda oziq-ovqat mahsulotlaridan biri oqqand ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan. Tadbirkor Shavkatjon Shamsiyev sa'y-harakati orqali mazkur korxonada 4 nafar yoshlar doimiy ish joyi bilan ta'minlangan.
- Bir kunda 500 kilogrammgacha mahsulot ishlab chiqaramiz. Tumandagi barcha savdo do’konlar bilan shartnoma qilganmiz. Mahsulotni yetkazib berish va asosiysi, sifatiga kafolat berish asosiy vazifamiz sanaladi. Niyatimiz korxona faoliyatini kengaytirish va buning uchun yer maydoni lozim. Ishchi o’rinlarni ham ko’paytirish niyatimiz bor. Asosiy maqsadimiz xalqimizga sifatli mahsulotlar yetkazib berishga qaratilgan, - deydi tadbirkor tuman hokimi bilan suhbat chog’ida.
Mahalla hokim yordamchisiga tadbirkorga mahalla hududidan yer maydoni tanlash va qonun doirasida murojaatni ijobiy hal etishga amaliy ko’mak ko’rsatish vazifasi topshirildi. Ishlab chiqarish salohiyatini oshirishga qaratilgan har bir taklif qo’llab-quvvatlashga loyiqdir. Buning uchun har bir mutasaddi bunday tadbirkorlarga qanot bo’lmog’i lozim.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram