OFTOBRU MAHALLASIDA MAHALLIY USTA-HUNARMANDCHILIK AN'ANALARI DAVOM ETTIRILMOQDA
2024-08-23 16:03:14 101
Oftobru mahallasida mahalliy usta-hunarmandchilik an'analari davom ettirilmoqda
Qo’lida hunari bor, qo’li gul ustalarni xalqimiz hunarmand deb atashadi. So’xda hunarmandchilikning o’ziga xos maktabi bor va bugungi ustalar tadbirkorlik orqali ushbu maktabning an'analarini davom ettirishmoqda.
Oftobru mahalla fuqarolar yig’inida ham tadbirkorlik tufayli daromad topayotgan, ota-bobolardan qolgan usta-hunarmandchilik maktabini davom ettirayotgan fuqarolar bor. “Meliyev Sherali” xususiy korxonasida ham turli qurilish va ro’zg’or buyumlari ishlab chiqariladi.
- Asosan yog’och-uymakorlik bilan shug’ullanamiz. Turli ro’zg’or buyumlari – eshik va romlar, surilar tayyorlar edik. Bugngi kunda asosiy fa'oliyatimiz akfa eshik-romlari ishlab chiqarishga yo’naltirilgan, - deydi usta shogird Sherali Meliyev.
Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev tadbirkorning kelajakdagi niyatlari va rejalari bilan qiziqdi va tadbirkorning niyati faoliyatini kengaytirish hamda mahalliy ustachilik an'analarini tiklash ekanligi ma'lum bo’ldi. Aytgancha, mazkur xonadonda tomorqachilikka ham e'tibor katta ekanligini ko’rdik va Sayhunobod tajribasi asosida tadbirkor hovlisining har bir qarich yeridan samarali foydalanishga harakat qilgan.
Tuman hokimligi tomonidan tadbirkorning rejasini amalga oshirishga amaliy ko’mak ko’rsatilishi alohida ta'kidlandi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram