Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 38 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

DUODA GAP KO’P, HAR DOIM DUO OLISHGA HARAKAT QILING!

×

 2024-08-23 15:58:15    121

PDF yuklash
Chop etish


Duoda gap ko’p, har doim duo olishga harakat qiling!

 

Umr dovonini allaqachon zabt etib, qarilik gashtini surayotgan oqsoqol otaxonlar, nuroniy momlarimizning har bir so’zi bugungi avlod uchun o’git, pand, nasihat, yo’lboshchi! Bejizga “qarisi bor uyning parisi bor” deyishmagan dono xalqimiz. Nuroniy, sochlari oqargan buvi yoxud bobojonning ajin bosgan yuzlariga boqib, ko’ngil taskin topadi. Ular hayot bo’lsa, ko’ngillar to’q...

 

Yuz bilan yuzlashgan, qarilik gashtini surayotgan nuroniylar bizning tumanimizda ham bor, Xudoga shukur! Zangat mahallasida yashovchi, 90 yoshni qarshilagan Mamasaid-bobo Maxsudov bilan yo’l bo’yida ancha suhbatlashdik. “Qoyiley!” deyishdan boshqa so’z topmadik.

 

- Hovlimiz orqasiga anchagina olcha va gilos nihollarini o’tqazuvdim, o’shalarni sug’orishga chiqdim, - deydilar otaxon. – Farzandlar, nevaralar yo’qmi, - deb so’raganimizda – bu mevalar mandan ularga meros, ularga mehr berib, parvarishlash kerak, - deya javob berdilar Mamasaid-ota. Ha, suyaklari mehnat bilan qotgan otaxonning bu ezgu amallari har birimizga ibrat maktabi namunasi bo’la oladi.

 

Yaxshi orzu-istak va niyatlarni tilga olib, otaxonning chiroyli duolaridan bahramand bo’lib, yo’limizda davom etdik...

 

Dunyo turguncha turing, aziz bobo va buvijonlar! Sizlarning yoshingizga yetish va qarilik gashtini surish barchamizga nasib etsin, iloyim!         

 

So’x tumani hokimligi Axborot xizmati








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram