Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 37 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KREDIT QARZINI TO’LAMAGAN FUKARONING “EQUINOX"SI XATLANDI

×

 2024-08-21 17:16:55    207

PDF yuklash
Chop etish


Kredit qarzini to’lamagan fukaroning “EQUINOX"si xatlandi


Odatda fuqarolar kattaroq moliyaviy maqsadga tezroq erishish masalasini bankdan kredit olish bilan hal etishga harakat qiladi. – Biroq, fuqaro tomonidan olingan kredit mablag’ini maqsadsiz sarflab, tijorat banki oldidagi majburiyatlarini bajara olmaydi.


Sud qarorini ijro etish jarayonida belgilangan ixtiyoriy muddatda ijro hujjati talablari bajarilmagan fuqaroga tegishli mol-mulklar xatlovga olinadi.


Byuroning Marg’ilon shahar bo’limi ish yurituvidagi Farg’ona tumanlararo sudining qaroriga asosan M.G.dan undiruvchi “Davr bank” XAT Bankining Olmazor filiali foydasiga 143 mln. 516 ming so’m kredit qarzini undirish belgilangan.


Qarzdor tomonidan sud qarorining ixtiyoriy muddatda ta'minlanmaganligi sababli, majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor nomida bo’lgan "EQUINOX" rusumli avtotransport vositasi 20.08.2024 yil kuni xolislar ishtirokida xatlanib, IIB YXHBning jarima maydoniga olib kirilgan.


Hozirda ushbu xatlangan mulkni auktsion savdolarga qo’yish choralari ko’rilmoqda.


Jamshed Mirxisenov - Byuroning Marg’ilon shahar bo’limi davlat ijrochisi, ikkinchi darajali yurist


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram