Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 86 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SEKTOR RAHBARI VA YOSHLAR UCHRASHUVI BO’LIB O’TDI

×

 2024-08-21 17:11:10    163

PDF yuklash
Chop etish


Sektor rahbari va yoshlar uchrashuvi bo’lib o’tdi

 

Bugun 3-sektor hududidagi Hushyor mahallasida joylashgan 14-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida “Sektor rahbari va yoshlar uchrashuvi” tadbiri doirasida mazkur sektor rahbari Qosimjon Rahimberdiyevning hudud yoshlari bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi. Tadbirda tuman hokimi o’rinbosari Ilhomjon Abdumajidov ham ishtirok etdi.  

 

Tadbirda 3-sektor mahallalaridan ishtirok etgan yoshlar sektor rahbariga o’z muammolari xususida murojaat etdilar. Murojaatlar asosini yoshlarni bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida hududda kutubxona tashkil etish, to’lov kontrakti mablag’larini to’lashda amaliy ko’mak ko’rsatish kabi masalalar tashkil etdi.

 

Yoshlar muammolarini hal etilishida sektor rahbari hududda faoliyat olib borayotgan mahallalar yettiligi bilan mustahkam aloqa o’rnatgan. O’tkazilgan mazkur uchrashuvda ham muammolarni tizimli hal etishga doir qat'iy ko’rsatmalar berilib, ba'zi bildirilgan murojaatlar va muammolar manzilli o’rganildi.

 

So’x tumani hokimligi Axborot xizmati












Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram