SAXOVATPESHA FUQARO HOMIYLIGIDA SHARQOBOD MAHALLASIDA 120 METR CHUQURLIKDAN ICHIMLIK SUVI CHIQARILDI
2024-08-19 17:55:54 251
Saxovatpesha fuqaro homiyligida Sharqobod mahallasida 120 metr chuqurlikdan ichimlik suvi chiqarildi
Bugun tuman hokimi Sharqobod mahallasida bo’lib, mazkur mahallada olib borilayotgan ishlarni ko’zdan kechirdi. Mahalla ahli va asosan mazkur hudud keksa nuroniylari bilan suhbat chog’ida sharqobodliklarning muammo va kamchiliklari ham o’rganildi.
Mahallada barcha muammolarning asosiysi suv ta'minotidagi muammolar hisoblanadi. Quvonarlisi, ushbu muammo bugun saxovatpesha insonlar tashabbusi bilan bartaraf etilyapti.
Sharqobod mahallasida keng ko’lamli qurilish-ta'mirlash ishlari olib borildi. Ko’chalarga asfalt qoplamasi yotqizish, betonlashtirish ishlari qatorida elektr energiyasi ta'minotini yaxshilash, tabiiy gaz muammolarini yechish kabi amaliy ishlar davlatimiz rahbari va hukumatimiz e'tibori asosida amalga oshirildi.
Islohotlar jarayoni bilan hamnafas bo’lgan bu mahalla ahli hudud rivoji va muammolar yechimiga moddiy tomondan homiylik qilishmoqda. Mahallada yashovchi fuqaro Faxriddin Madibrohimov tomonidan qazilgan suv qudug’i barcha mahalla ahli xursandchiligiga sabab bo’ldi, desak, mubolag’a qilmagan bo’lamiz. Saxovatpesha fuqaro sa'y-harakati bilan 120 metr chuqurlikdan suv chiqarildi.
Mazkur xayrli ishlarga 200 million so’mdan ortiqroq mablag’ sarflandi va bir soniyada chiqayotgan 6 litr suv ta'midan bugun butun qishloq ahli manfaatdor. Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev va 3-sektor rahbari Qosimjon Rahimberdiyev ishtirok etgan shukrona tadbirida ushbu tarixiy kun munosabati bilan bayramona ziyofat dasturxoni yozildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram