IJRO INTIZOMINI BUZGAN RAHBARLARGA NISBATAN KESKIN CHORALAR KO’RILADI
2024-08-19 17:51:21 269
Ijro intizomini buzgan rahbarlarga nisbatan keskin choralar ko’riladi
Bugun tuman hokimligi majlislar zalida mutasaddi rahbarlarga berilgan ko’rsatma va vazifalar ijrosi, ijro intizomining bajarilishi yuzasidan xizmat yo’riqnomasi o’tkazildi. Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev boshchiligida bo’lib o’tgan tadbir tanqidiy ruhda bo’lib o’tdi.
Tuman hokimi o’z so’zida ayni kunda Respublikamiz hududida istiqlolning 33-yillik to’yi munosabati bilan keng ko’lamli obodonlashtirish ishlari olib borilayotganligini ta'kidlab, ushbu yo’nalishda So’x tumanida amalga oshirilayotgan ishlar talab darajasida emasligini qayd etib o’tdi.
“Mahallabay” ishlarni tashkil etish orqali mahallalarda Sayhunobod, Uychi, Zarbdor va G’ijduvon tumanlari tajribasini amalda tatbiq etish bilan aholi bandligini ta'minlash, ishsizlik darajasini kamaytirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va pirovardida kambag’allikni qisqartirishga doir ishlar sust kechayotganligi ham tanqid ostiga olindi.
Eng achinarlisi, ba'zi mutasaddi rahbarlar zimmalaridagi vazifalariga mas'uliyatsizlik va loqaydlik bilan qarayotgani, ijro intizomini qo’pol ravishda buzayotganialohida ta'kidlandi. Bunday rahbarlar bilan ishlash foydasiz ekanligin ta'kikdlagan tuman hokimi ularning vazifasida qolish-qolmaslik yuzasidan yuqoridagi tashkilotlariga munosabat bildirish vaqti yetganligini qayd etdi.
Ochiq muloqot tarzida bo’lib o’tgan mazkur yo’riqnomada o’z vazifasiga mas'uliyatsizlik bilan qarayotgan ba'zi mahalla raislari, tashkilot va korxona rahbarlariga bugungi tadbirdan kerakli xulosa chiqarib olish lozimligi qayd etildi.
Tuman hokimi tomonidan mahallalarda va tashkilot-korxonalarda mustaqillikning 33-yillik to’yiga munosib hozirlik ko’rish, nafaqaga chiqgan mehnat faxriylar holidan xabar olish bo’yicha ko’rsatmalar berildi.
Shuningdek, tadbirda ishtirok etgan tuman prokurori Sadirali Mirzokarimov ham ishtirokchilarga har bir korxona va muassasaga quyosh panellari o’rnatish bo’yicha olib borilayotgan ishlar xususida gapirdi. Bu yo’nalishda tumanimiz ko’rsatgichi viloyat miqyosida eng past ekanligi qayd etilib, berilgan vazifalar ijrosiga barcha birdek mas'ul ekanligi aytib o’tildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram