Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YORQIN KELAJAK UCHUN MUSAFFO ENERGIYA

×

 2024-08-17 16:24:32    293

PDF yuklash
Chop etish


Yorqin kelajak uchun musaffo energiya

 

Respublikamizda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanishni ta'minlash va shu orqali xalqimizning hayotiga farovonlik, yorug’lik, xotirjamlik, issiqlik, aloqa va iqtisodiy rivojlanish ulashish yuzasidan keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

 

So’x tuman prokuraturasining tashabbusi bilan tuman “SO’X SMX AVTO” markazida tumandagi tadbirkorlar hamda aholi iste'molchilariga muqobil energiya manbalaridan foydalanishga bag’ishlangan seminar tashkil etildi.

 

Seminarga yuqori sifatli quyosh panellari o’rnatish xizmatini amalga oshirib kelayotgan viloyatimizning “Altrernative solar energy” korxonasi vakillari ham taklif etilib, mazkur korxona mutasaddilari seminar ishtirokchilariga quyosh panellarning xususiyati haqida to’liq ma'lumot berdilar. Bugungi kunda mazkur kompaniyalar tomonidan taklif etilayotgan qurilmalar ishlash samaradorligi, servis xizmatlari va davlatimiz tomonidan berilayotgan imtiyozlar to’g’risida tushunchalar berildi.

 

Shuningdek, seminar jarayonida viloyatimizning “Hududgazta'minot” AJ vakillari ham energiya tejamkorligida qo’l kelayotgan tabiiy gaz jihozlari haqida ma'lumotlar berishdi. Soha mutaxassislari asosan aholi tomonidan ro’zg’orda ishlatiladigan gaz yondirgichlar haqida tushunchalar berdildar.

 

So’x tumanida ham bugungi kunda aholi xonadonlariga quyosh panellar o’rnatish ishlari olib borilmoqda. Bu bo’yicha “Energosavdo” MChJ So’x tumani bo’limi rahbari seminar ishtirokchilariga ma'lumot berdi.   

 

Bundan tashqari seminar davomida bugungi kunda muqobil energiya manbalaridan foydalanib daromad topayotgan tadbirkorlar va aholi vakillari ham so’z olib, muqobil energiya manbalari orqali topayotgan daromadlari haqida qatnashchilarga so’zlab berishdi.


Ma'lumot uchun: shu kungacha tuman bo’yicha jami 104 ta 486 kVt quyosh panelari o’rnatildi. Bundan aholi xonadonlariga 60 ta 43.5 kVtli, ijtimoiy soha idoralariga 36 ta 351.5 kVtli va tadbirkorlik sub'ektlariga 8 ta 91 kVtli quyosh panellari o’rnatildi.

 

So’x tumani hokimligi Axborot xizmati















Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram