Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 139 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’XLIK YOSHLAR HARBIY-VATANPARVARLIK MAJMUAVIY MUSOBAQALARINING FARG’ONA VILOYAT BOSQICHI G’OLIBI!

×

 2024-08-16 17:43:13    144

PDF yuklash
Chop etish


So’xlik yoshlar harbiy-vatanparvarlik majmuaviy musobaqalarining Farg’ona viloyat bosqichi g’olibi!


“Bir bo’lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida Mudofaa vazirligi tomonidan otaliqqa olingan yoshlar o’rtasida davom etayotgan harbiy-vatanparvarlik majmuaviy musobaqalarining Farg’ona viloyat bosqichi bo’lib o’tdi.


Farg’ona shahrida joylashgan harbiy qismlarning birida o’tkazilgan musobaqada Farg’ona viloyatida joylashgan tuman va shaharlar bosqichida g’olib bo’lgan 19 ta jamoa o’zaro bellashdi. Harbiy okrug qo’shinlari qo’mondonligi ofitserlari, viloyat mudofaa ishlari va hududiy tashkiliy qo’mitalar vakillari, harbiy xizmatchilar hamda faol yoshlar ishtirokchilarni bevosita qo’llab-quvvatlab turdi.


Bir-biridan zukko va chaqqon yigit-qizlardan iborat jamoalar “Arqon tortish”, “Zakovat”, “Kuch mashqi” shartlari bo’yicha bilim va mahoratlarini sinovdan o’tkazdi. Ayniqsa, “Harbiylashtirilgan sport estafetasi” sharti shiddatli davom etdi.


200 nafarga yaqin yoshlarni jamlagan majmuaviy musobaqa yakuniga ko’ra, 3-o’rin Rishton tumani yoshlariga nasib qilgan bo’lsa, 2-o’ringa O’zbekiston tumani sharafini himoya qilgan jamoa munosib ko’rildi. Mutlaq g’alaba, shuningdek, musobaqaning yakuniy bosqichida ishtirok etish huquqini So’x tumanining Lenbur jamoasi qo’lga kiritdi. G’olib va sovrindorlar qimmatbaho sovg’alar, diplom va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.


Eslatib o’tamiz, mustaqilligimizning shonli 33-yilligi munosabati bilan tashkil etilayotgan mazkur harbiy-vatanparvarlik majmuaviy musobaqalarning finali joriy yilning 25-avgust kuniga qadar hududiy bosqichda birinchilikni qo’lga kiritgan jamoalar o’rtasida o’tkaziladi.


So’x tumani hokimligi Axborot xizmati












Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram