MABLAG’ BO’LSA, ISHDA UNUM VA BARAKA BO’LADI
2024-08-14 18:08:31 287
Mablag’ bo’lsa, ishda unum va baraka bo’ladi
Navobod mahalla fuqarolar yig’inida 4 448 nafar aholi istiqomat qiladi. Tadbirkorlar soni 131 nafarni tashkil etadi. Ishlab chiqarish va savdo-sotiq faoliyati bilan shug’ullanadigan mahalla tadbirkorlari albatta, xalqqa manfaatli bo’lish va munosib daromad olish ilinjida mehnat qilishayotir.
Qurilish mahsulotlari savdosiga ixtisoslashgan do’kon rahbari Oybekjon Ulmasov ham tuman hokimi bilan suhabatda o’z muammosi yuzasidan murojaat etdi. Tadbirkorning niyati shisha idishlari ishlab chiqarish va faoliyatini kengaytirishga qaratilgan. Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev bu bo’yicha mutasaddilrga tegishla ko’rsatmalar berdi.
Yosh tadbirkor Sherzodjon Gadoyev mahallada bannerlar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishni o’ziga maqsad qilib olgan. Namangan viloyatidan olib kelinadigan maxsus dastgohning narxi 120 milliondan ortiqroq bo’lgani bois, tadbirkorga bank krediti suv va havodek zarurligi ma'lum bo’ldi.
Tuman hokimi ko’rsatmasi va hokim yordamchisi tavsiyasi bilan yosh tadbirkorga kredit olish uchun hujjatlar rasmiylashtirildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram