TADBIRKORNING ASOSIY MAQSADI YANGI ISH O’RINLARI YARATISHGA QARATILGAN
2024-08-14 18:05:32 290
Tadbirkorning asosiy maqsadi yangi ish o’rinlari yaratishga qaratilgan
Tumanimizda davlatimiz rahbarining bevosita topshirig’i asosida Sayhunobod, Uychi, Zarbdor va G’ijduvon tajribalarini amalda tatbiq etish ishlari ko’lamini kengaytirish va qilingan ishlarning natijasini ko’zdan kechirish maqsadida bugun tuman hokimi 2-sektorning Navobod mahalla fuqarolar yig’inida bo’ldi. O’rganishdan asosiy maqsad tadbirkorlar bilan bevosita muloqot qilish va ularning muammolarini yechishga qaratildi.
Bugun tumanda tadbirkorlik rivojlanmoqda va tadbirkorlarning asosiy maqsadi ham yangi ish o’rinlarini yaratishga qaratilgan. Ayni kunda tuman tibbiyot birlashmasida xususiy klinika qurilishi olib borilmoqda.
Tuman hokimi “Al-Behro’z” qurilish firmasi boshlig’i Erkinjon Zokirov bilan suhbatlashdi va shu ma'lum bo’ldiki, tadbirkor Uychi tumani tajribasi asosida bugun ish bolib bormoqda. Ayni damda qurilish firmasida 54 nafar doimiy ish joyiga ega. Tadbirkor tashabbusi bilan yana qo’shimcha 6 ta ish o’rni yaratiladi.
Eng dolzarb muammo bo’lgan kredit masalalsi ham tuman hokimi ko’magida o’z yechimini topadigan bo’ldi. Sog’liqni saqlash vazirligi xulosasiga ko’ra, mazkur firmaga yana kredit mablag’lari beriladigan bo’ldi.
So’x tumani hokimligi Ahborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram