FUQAROLAR QABULI
2024-08-13 17:00:30 175
Fuqarolar qabuli
Aholi murojaatlari bilan ishlash, muammoli masalalariga yechim topish maqsadida bugun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining So’x tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimining navbatdagi qabuli o’tkazildi.
Qabulda tuman Xalq qabulxonasi mudiri, tegishli tashkilot va muassasalar rahbarlari ham ishtirok etdi.
Qabul davomida fuqarolar o’zlarini qiynab kelayotgan muammoli, yechimini kutib turgan mahalla infratuzilmasini yaxshilash, sog’liqni tiklash, moddiy yordam, bandlikni ta'minlash, uy-joy olish kabi o’ttizga yaqin masalalar bilan tuman hokimiga murojaat qilishdi.
Fuqarolar tomonidan ko’tarilgan murojaatlarning ba'zilariga shu kuni ijobiy yechim topilgan bo’lsa, amalga oshirilishi uchun muddat talab etadigan masalalar yuzasidan esa biriktirilgan mas'ullar tomonidan qabuldan so’ng o’rganishlar o’tkazilishi belgilandi.
Har bir murojaat ijrosi yuzasidan muddat va mas'ullar belgilanib, tegishlicha nazoratga olindi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram