Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 82 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BERILGAN VAZIFA VA KO’RSATMALAR IJROSI MUHOKAMA ETILDI

×

 2024-08-13 16:54:13    135

PDF yuklash
Chop etish


Berilgan vazifa va ko’rsatmalar ijrosi muhokama etildi


Bugun tuman hokimligida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev boshchiligida xizmat yo’riqnomasi o’tkazildi. Mazkur tadbirda tuman hokimi o’rinborsarlari, korxona-tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirok etdilar.


Muloqotda tuman hokimi tomonidan hafta davomida berilgan topshiriqlar asosida qilingan ishlar va ko’rsatmalarning ijrosi tahlil qilindi. Shuningdek, yo’riqnoma davomida istiqlolimizning 33-yillik to’yiga tayyorgarlik ko’rish, yangi o’quv yiliga tayyorgarlik ishlari ahvoli, tuman miqyosida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, aholi murojaatlari bilan ishlar samaradorligi, mahallalarda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog’lomlashtirish bo’yicha olib borilayotgan ishlar ahvoli, mustaqillik inshootlarini foydalanishga topshirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etildi.


Tadbir davomida tuman hokimi o’rinbosarlari va hokimlik mutasaddilari o’z bo’limlari tomonidan amalga oshirilgan ishlarga oid ahborot berdilar. Tadbirda ba'zi rahbarlar tomonidan ijro intizomi buzilayotganligiga oid tanqidiy fikrldar bildirildi.


Shuningdek, muloqot davomida mustaqillik bayrami arafasida tumanda bayram yarmarkalarini tashkil etish, mahallalar va korxona-tashkilotlarda istiqlolni tarannum etuvchi bannerlar o’rnatish, qurilish olib borilayotgan inshootlarda mutasaddilar tomonidan qurilish ishlari sifatiga alohida e'tibor qaratish, elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvidan bo’lgan qarzdorliklarni undirish, tumanda quyosh panellari o’rnatishga doir amalga oshirilayotgan ishlarni jadallashtirishga doir ko’rsatmalar berildi.


Muloqotda ishtirok etgan tuman prokurori Sadirali Mirzokarimov ham bu bo’yicha o’z fikrlarini bayon etdi va quyosh panellari o’rnatishda har bir mutasaddi rahbar o’rnak bo’lishi lozimligini alohida qayd etib o’tdi. Bu bo’yicha tuman hokimi tomonidan barcha rahbarlarga ko’rsatmalar berildi.


So’x tumani hokimligi Axborot xizmati












Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram