TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH ORQALI YOSHLAR BANDLIGI TA'MINLANMOQDA
2024-08-08 16:53:58 516
Tadbirkorlikni rivojlantirish orqali yoshlar bandligi ta'minlanmoqda
Tadbirkorlikni rivojlantirish va aholiga sifatli xizmat ko’rsatishni ta'minlashga albatta mablag’ kerak. Bank krediti orqali ish boshlayotgan tadbirkorlar har bir tiyin mabalag’ning qadriga yetish lozimligini samarali faoliyat orqali ko’rsatishga harakat qilishadi.
Zangat mahallasida faoliyat olib borayotgan xususiy tadbirkor Behro’z Botirovga qarashli zamonaviy sauna allaqachon xalq xizmatida. Tadbirkorga qarashli sub'ektda qo’shimcha boshqa xar xil xizmat ko’rsatish shoxobchalari qurish uchun bank krediti lozim.
Tuman hokimi bilan suhbatda tadbirkor barcha ishlarni oxiriga yetkazish uchun 800 million so’m imtiyozli kreditga talabi borligini murojaat etdi. Hokim yordamchisi Ahrorjon Atoyev bu bo’yicha tadbirkorga mablag’ ajratilishi taklifi berilganligi va yaqin kunlarda bu muammo o’z yechimini topshini qayd etdi.
Mahallada yangi tashkil etilgan “Nurmuhammad 555” ma'suliyati cheklangan jamiyatning asosiy faoliyati aholiga qurilish ishlarida siftali xizmat ko’rsatishdan iborat. MChJ rahbari Valijon Esanov sa'y-harakati bilan mazkur sub'ektda umumovqatlanish shoxobchasi va tunukafon yasash mini tsexi tashkil etilgan.
Suhbat chog’ida tadbirkorga 100 million so’m imtiyozli kredit lozimligi ma'lum bo’ldi. Bu tadbirkorga ham hokim yordamchisi tavsiyasi bilan kredit ajratilishi taklifi berilgan.
Ma'lumot uchun: Zangat mahalalsida 7 oy davomida 241 nafar fuqarolarning bandligi ta'minlandi.
Jumladan 177 nafar ishsiz fuqarolar doimiy ishga, 8 nafar ishsiz fuqarolar mavsumiy ishga yo’naltirilgan bo’lsa, 56 nafar mehnatga layoqatli, ishsiz yoki norasmiy band aholining o’zini o’zi band qilish orqali bandligi ta'minlandi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram