“MULKI POLVONBEK” XUSUSIY KORXONASI FOYDALANISHGA TOPSHIRISH ARAFASIDA
2024-08-08 16:46:51 186
“Mulki Polvonbek” xususiy korxonasi foydalanishga topshirish arafasida
Zangat mahalla fuqarolar yig’ini tumanimizning 4-sektori hududida joylashgan. Bugun mahallada tadbirkorlik sohasi rivojlangan, chunki mahallada buning uchun yaxshi muhit yaratilgan.
Mahalla hokim yordamchisi Ahrorjon Atoyevning ma'lumotiga ko’ra, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida joriy yilning 6 oyi davomida jami 14 ta, shundan 8 ta kichik biznes (yuridik maqomiga ega) va 6 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik sub'ektlari tashkil etildi. Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev mahallada bo’lib, tadbirkorlik sub'ektlarini ko’zdan kechirdi va bevosita tadbirkorlar bilan suhbat o’tkazib ularning muamolarini ham o’rgandi.
Mahallada yosh tadbirkor Pahlavonjon Odilov tomonidan tashkil etilgan “Mulki Polvonbek” xususiy korxonasi tarkibiga avtomobillarni yuvish shoxobchasi, mehmonxona, meva sabzavotlarni saqlash muzlatkichi (omborxona), savdo do’koni, o’kuv markazi (IT markazi va ingliz tili) hamda fitness-klub kiradi. Mazkur inshootni istiqlolimizning 33-yilik to’yi arafasida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.
Hokim yordamchisi tavsiyasi bilan tadbirkorga 1 milliard so’m imtiyozli kredit ajratilgan. Mazkur korxona foydalanishga topshirilsa, mahallada ko’pgina muammolar o’z yechimini topadi.
Ayni kunda mazkur inshootda oxirgi ishlar olib borilyapti.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram