YURT VA MAKON OBODLIGIGA BARCHAMIZ BIRDEK MAS'ULMIZ!
2024-08-08 16:44:42 170
Yurt va makon obodligiga barchamiz birdek mas'ulmiz!
Istiqlol mahallasida joylashgan ikki qavatli uy-joyda bo’lib, hudud obodonchiligiga doir mutasaddi idoralar rahbarlariga topshiriq bergan tuman hokimi kun oxirida bajarilgan ishlarni ko’zdan kechirdi.Tuman obodonlashtirish boshqarmasi, tuman yo’lsozlik idorasi tomonidan bajarilgan ishlarga yaxshi baho berildi.
Bugun ertalab tozalik va obodonlashtirish ishlari mazkur hududda bevosita tumani hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev boshchiligida davom ettirildi. Tuman obodonlashtirish boshqarmasi ishchi-xodimlariga tuman hokimi tomonidan sovg’alar tarqatildi.
Hududdagi bolalar o’yingohi, hojatxonalar tozalanib, barcha chiqindilar maxsus texnika orqali olib ketildi. Mazkur xonadonlarda istiqomat qiluvchi xotin-qizlar va ayollarga yangi tandir o’rnatib beriladi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram