Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

IJRO INTIZOMINI BUZGAN RAHBARLARGA INSBATAN QONUNIY CHORALAR QO’LLANILADI

×

 2024-08-08 16:37:59    70

PDF yuklash
Chop etish


Ijro intizomini buzgan rahbarlarga insbatan qonuniy choralar qo’llaniladi


Bugun ertalab tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev Istiqlol mahallasida joylashgan ikki qavatli uy-joylarda bo’lib, bu yerdagi ahvolni ko’zdan kechirdi. Shuningdek, tuman hokimi bu yerda istiqomat qiladigan ijtimoiy ko’makka muhtoj fuqarolar holidan ham xabar olib, ularning yashash sharoitlarni o’rgandi.


Tuman SEO va JS rahbariyati, tuman tibbiyot birlashmasi rahbari, tuman tijorat banklari rahbarlari, mahalla fuqarolar yig’ini mutasaddilarini jalb etgan holda mana shu oila misolida tumandagi kam ta'minlangan oilalarga yaqindan yordam berish va ularni holidan muntazam xabar olishni tashkil etishga oid tavsiya va takliflar berdi. Aytish joyizki, bunday tang ahvolga tushib qolgan oilalar tumanda oz emas va ularning holidan har doim xabar olib turish lozim.


Ushbu xonadonda istiqomat qiluvchi onaxon tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari tomonidan ko’rikdan o’tkazilib, tabobat uchun tez yordam mashinasida olib ketildi.


Shu yerning o’zida tuman hokimi va tuman prokurori boshchiligida tuman hokimi o’rinbosarlari va tumandagi barcha korxona-tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirokida ochiq muloqot bo’lib o’tdi. Tuman hokimi aksariyat rahbarlar va mutasaddildar tomonidan ijro intizomi juda qaltis tarzda buzilayotganini tanqid qildi. 


Endi ushbu rahbarlarga insbatan qat'iy tarzda intizomiy va qonuniy chora ko’rilishi ta'kidlandi. Barcha korxona-tashkilot rahbarlariga istiqlolimizning 33-yillik to’yiga tayyorgarlik ko’rish, hududlarda tozalik va obodongarchilik ishlarini tashkil etish, kam ta'minlangan oilalar holidan xabar olish, aholi murojaatlari bilan manzilli ishlash va bildirilgan har bir murojaatni ijobiy hal etishga doir qat'iy topshiriq va ko’rsatmalar berildi.


So’x tumani hokimligi Axborot xizmati












Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram