SARHISOB
2024-08-03 15:43:03 283
Sarhisob
“Yoshlarining bo’sh vaqti, dushmanning ish vaqti” degan naql bejizga paydo bo’lmagan. Buning zamirida yoshlar yetakchilarining mas'uliyati mujassam.
So’x tumani hokim o’rinbosari Ilhomjon Abdumajidov va yoshlar ishlari agentligi rahbari Isojon Mastonov boshchiligida aparat xodimlari ishtirokida yetakchilar hisoboti tinglandi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmonining 3-ilovasiga ko’ra yetakchining “7+2” asosiy funksional vazifalaridan sarhisob olib borildi.
Kamchiliklardan to’g’ri xulosa chiqarilib kelgusi ishlarda yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etishda “Besh tashabbus olimpiada”larida munosib ishtirok etib, sovrindorlar safidan joy olishga doir tavsiya va tushuncha berib o’tildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram