O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QAROR VA FARMONLARI IJRODA
2024-08-02 17:00:50 161
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qaror va Farmonlari ijroda
“Tazyiq va zo’ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko’rsatishni takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi
Tazyiq va zo’ravonlikka uchragan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko’rsatishning quyidagi 3 bosqichli yangi tizimi joriy etiladi:
Mahalla darajasida – “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi ijtimoiy xodimi, profilaktika inspektori va xotin-qizlar faoli tomonidan tazyiq holati o’rganiladi va doimiy kuzatib boriladi;
Tuman darajasida - “Inson” markazlarida himoya orderi talab qilmasdan psixologik, huquqiy va boshqa turdagi ijtimoiy xizmatlar ko’rsatiladi;
- shifoxonalarning shoshilinch bo’limlarida (2-3 ta koykali tunu-kun ishlaydigan) birlamchi ko’mak xonalari tashkil etiladi hamda ayollar va ularning bolalari 3 sutka davomida birlamchi ruhiy-psixoterapevtik yordam uchun profilaktika inspektori yoki ijtimoiy xodim xulosasi asosida joylashtiriladi;
- Birlamchi ko’mak xonalari joriy yilning 1-oktyabridan tashkil etiladi;
Viloyat darajasida – reabilitatsiya markazlarida ariza talab etmagan holda ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish shartnomasiga muvofiq 6 oygacha boshpana va chuqur reabilitatsiya qilish uchun psixologik (mustaqil va erkin fikrlash) va huquqiy (aliment, nafaqa va boshqa kafolatlangan huquqlardan foydalanishni o’rgatish) xizmatlar ko’rsatiladi;
Bundan tashqari, ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy mustaqilligini ta'minlash maqsadida ularni turli xil kasb-hunarga o’rgatish xizmati yo’lga qo’yiladi.
Ibrohimjon Axmatov – So’x tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi psixologi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram