STATISTIKA
2024-08-01 17:12:18 267
Statistika
Gaz ta'minotini yaxshilash bo’yicha
2023-2024 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko’rishda
tumandagi mahalla fuqarolar yig’inlari hududlariga o’rnatilgan jami 19 ta o’rta bosimli GTKlardan 11 donasida, 13 dona yuqori bosimli GTKlaridan 8 donasida texnik kurikdan o’tkazildi va rejim sozlash ishlari bajarildi.
So’x tumani hududidagi iste'molchilarni ikki bosqichli ta'minot tizimiga o’tkazish uchun Yangiarik mahalla fuqarolar yig’inida 175 dona, Rovon mahalla fuqarolar yig’inida 316 dona, Sarikanda mahalla fuqarolar yig’inida 123 dona va Oftobru mahalla fuqarolar yig’inida 53 dona reduktor o’rnatilib, 5 dona GTK demontaj qilingan va 1200 p/m gaz quvurlari tartibga keltirildi.
Tul-Qal'acha yo’nalishi bo’ylab tortilgan du-89 mm o’rta bosimli 800p/m gaz quvuri tartibga keltirilib, temir-beton tayanchlar o’rnatilgan.
Sharqobod mahalla fuqarolar yig’ini hududiga tortilgan du-102 mm li o’rta bosimli 750 pm gaz quvuri tartibga keltirilgan va temir tayanchlar o’rnatilgan.
Yangiariq va Rovon mahalla fuqarolar yig’ini hududlariga monitoring o’tkazish uchun EGXU o’rnatilgan.
Aholi xonadonlariga o’rnatilgan gaz jihozlariga texnik xizmat ko’rsatish yo’nalishi buyicha 2024 yilning birinchi choragi uchun 198.7 million so’mlik reja qo’yilgan bulib, amalda 177.6 million so’m mablag’ undirilib rejaga nisbatan 89 % ga bajarildi. 2024 yilning iyul oyi holatiga 3800ta tabiiy gaz ta'minotidagi va 3100 suyultirilgan gaz ta'minotidagi xonadonlarga o’rnatilgan gaz jihozlariga pullik texnik xizmat ko’rsatildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram