HOKIM QABULI: HAR BIR MUROJAAT NAZORATDA
2024-08-01 17:10:20 269
Hokim qabuli: har bir murojaat nazoratda
Bugun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining So’x tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayevning navbatdagi qabuli o’tkazildi.
Qabulda ishtirok etgan qabulxona mudiri Sobirjon Normatov bilan birgalikda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoyalash, ularni qiynayotgan muammolarni bartaraf etishga alohida e'tibor qaratildi. Murojaatlarning aksariyati uy-joy, moddiy yordam, pensiya, bolalar nafaqasi, ishga joylashish, oila turmush munosabatlari borasida bo’ldi.
Qabul jarayonida fuqarolarning murojaatlarini ijobiy hal qilish maqsadida tuman hokimi tomonidan tashkilot va korxonalarning mutasaddi rahbarlariga topshiriq va ko’rsatmalar berildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram