Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO’LIB O’TDI

×

 2024-08-01 17:08:37    279

PDF yuklash
Chop etish


Tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo’lib o’tdi


Bugun tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari So’x tumani Kengashining oltinchi chaqiriq xalq deputatlari So’x tumani Kengashining navbatdagi 92-sessiyasi bo’lib o’tdi.


Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tumandagi sektor rahbarlari, korxona tashkilotlar rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.


Sessiya kun tartibidagi masalalar:


1. Xalq deputatlari So’x tumani Kengashidagi deputatlik o’rinlari sonini belgilash to’g’risida.


2. Tuman saylov komissiyasi a'zoligiga nomzodlarni tavsiya etish to’g’risida.


3. O’zbekiston Respublikasi bosh Prokuraturasi huzuridagi majburiy ijro byurosi Farg’ona viloyati So’x tuman bo’limi tomonidan 2024 yil 6-oy davomida amalga oshirilgan ishlar to’g’risida.


Kun tartibidagi birinchi va ikkinchi masalalar yuzasidan so’zga chiqgan Xalq deputatlari So’x tumani Kengashining “Sud-huquq masalalari va korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha” doimiy komissiyasi raisi Rasuljon Mirsaidov O’zbekiston Respublikasi markaziy saylov komissiyasining 2024 yil 26-iyuldagi №1354-sonli qarori bilan mamlakatimizda Oliy Majlis qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi kampaniyasiga start berilganligi, tuman, shahar saylov komissiyasi hududiy saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida yetmish besh kun qolganida komissiya raisi, rais o’rinbosari, kotibi va komissiyaning a'zolaridan iborat tarkibda besh yil muddatga tuzilishi belgillab quyilganligi haqida ma'lumot berdi. 


Notiq o’z so’zlari davomida deputatlik o’rinlari soni So’x tumani aholisi sonidan kelib chiqqan holda navbatdagi chaqiriqdan boshlab – 20 ta etib belgilanligini ham ta'kidladi.


Shundan so’ng deputatlar tomonidan saylov o’tkazuvchi tuman saylov komissiyasi tarkibi tasdiqlandi.


Sessiyaga qo’yilgan ikkinchi masala yuzasidan majburiy byuro tuman bo’limi boshlig’i Muzaffarjon Nurmatov hisobot berdi. Hisobotda majburiy ijro byurosi tomonidan 2024 yilning 6 oyi davomida qilingan ishlar yuzasidan ma'ulmot berildi.


Tuman hokimi, Kengash raisi Sayidbahrom Sayidmusayev, sessiya ishtirokchilari kun tartibiga qo’yilgan masalalarga oid o’z fikr-mulohazalarini muzokaralar davomida izhor etdilar.


Kun tartibidagi masalalarga doir qarorlar qabul qilindi va sessiyaga yakun yasaldi.


So’x tumani hokimligi Axborot xizmat

i
















Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram