FUQAROLAR QABULI: HAR BIR MUROJAAT – E'TIBORDA!
2024-07-31 16:03:46 162
Fuqarolar qabuli: har bir murojaat – e'tiborda!
Bugun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining So’x tumani Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabuli o’tkazildi.
Qabulda tuman hokimi birinchi o’rinbosari Ilhomjon Tojiboyev tuman Xalq qabulxonasida yig’ilgan, muammosi va murojati bo’lgan fuqarolar bilan yuzma-yuz suhbatlashib, murojaatlarini birma-bir tingladi.
Mazkur qabulda tuman hokimi o’rinbosarlari Ilhomjon Abdumajidov va Madinaxon Safarova, Xalq kabulxonasi mudiri Sobirjon Normatov, tumandagi mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida moddiy yordam, ishga joylashtirish, uy-joy qurishda yordam berish, kadastr hujjatlarini tayyorlashda yordam berish bilan bog’liq bo’lgan murojaatlarni tingladilar.
O’ndan ortiq murojaatlar joyida ijobiy hal etilishida aniq ko’rsatmalar berildi. Vaqt talab etiladigan murojaatlar bo’yicha tegishli tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida zarur choralar ko’rilishi, har bir murojaat asoslicha o’rganilib chiqilib, qonuniy yo’l bilan yechimini xal etilishi nazoratga olindi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram